Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 14/06/2025 “Uzbekistan Airways” va Airbus hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda

“Uzbekistan Airways” va Airbus hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Uzbekistan Airways bosh ofisida Airbus konsorsiumi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar havo kemalari parkini kengaytirish, texnik xizmat ko‘rsatish va zamonaviy aviatsiya yechimlarini joriy etish sohasidagi hamkorlik va kelajakdagi o‘zaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qildilar.

Uzbekistan Airways o‘z yo‘lovchilariga yanada yuqori darajadagi qulaylik, xavfsizlik va innovatsiyalarni ta’minlashga intilib, jahonning yetakchi aviatexnika ishlab chiqaruvchilari bilan faol muloqotni davom ettirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling