Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Uzbekistan Airways Toshkent va Namangandan Krasnodarga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Namangan shaharlaridan Krasnodarga yangi parvozlar boshlanishi haqida maʼlum qildi.
26 oktyabrdan boshlab Toshkent – Krasnodar yo‘nalishidagi reyslar chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
28 oktyabrdan esa Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu reyslar seshanba, payshanba va shanba kunlari bajarilishi ko‘zda tutilgani aviakompaniya matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilindi.