Uzbekistan Airways CALC bilan hamkorlikni kengaytirmoqda: to‘rtta yangi Airbus A321neo aviakompaniya parkini to‘ldiradi
Uzbekistan Airways CALC bilan hamkorlikni kengaytirmoqda: to‘rtta yangi Airbus A321neo aviakompaniya parkini to‘ldiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways va CALC (China Aircraft Leasing Group Holdings Limited) lizing kompaniyasi ikki klassli salon konfiguratsiyasiga ega to‘rtta yangi Airbus A321neo havo kemasiniyetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuv (letter of intent, LOI)imzoladi. Havo kemalarini yetkazib berish 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan.
Yangi havo kemalari Airbus kompaniyasining zamonaviy Airspace Premium salonlari, zamonaviy ko‘ngilochar tizim va bortda simsiz yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati bilan jihozlanadi.Ushbu yechimlar yo‘lovchilarga parvoz paytida raqamli xizmatlardan foydalanish imkonini beradi va bortda yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi. Imzolangan kelishuvlarUzbekistan Airways va CALC o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘ldi. Hamkorlik aviakompaniya va dunyoning yetakchi lizing beruvchilaridan biri o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishini namoyish etadi.
2026-2028 yillarga mo‘ljallangan aviaparkni yangilash va kengaytirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturga muvofiq, 2028-yil oxirigacha Uzbekistan Airways CALC kompaniyasidan oltita Airbus A321neo havo kemasini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda.Ushbu qadam aviakompaniyaga Airbus A321neo avialaynerlari sonini 15 taga yetkazish va Markaziy Osiyoning yetakchi aviatashuvchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.
“CALC bilan hamkorlik Uzbekistan Airways’ni modernizatsiya qilish yo‘lidagi muhim bosqichdir. Biz flotni tizimli ravishda yangilab, zamonaviy texnologiyalarni joriy etmoqdamiz va yo‘lovchilar qulayligiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Yangi Airbus A321neo samaradorlik, ilg‘or muhandislik yechimlari va yo‘lovchilar uchun qulaylikni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu bizning barqaror rivojlanish va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirish strategiyamizga to‘liq mos keladi,” –dedi Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov.
CALC prezidenti va tijorat direktori Vinni Lyu shunday dedi: “Biz to‘rtta A321neo havo kemasini yetkazib berish bo‘yicha yangi kelishuv tufayli Uzbekistan Airways bilan hamkorligimizni mustahkamlashdan mamnunmiz. Ushbu so‘nggi avlod havo kemalari CALC aviakompaniyasini flotni yangilash uchun barqaror va moslashuvchan yechimlar bilan qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi, bu esa ekspluatatsiya samaradorligi va yo‘lovchilar qulayligini oshiradi. Ushbu bitim CALC’ning global portfelimizda ahamiyati tobora ortib borayotgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi ishtirokini yanada kuchaytiradi.”
Yangi Airbus A321neo havo kemalarining yetkazib berilishi Uzbekistan Airways’ning transport samaradorligini oshirish, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va uglerod izini kamaytirishga qaratilgan flotni modernizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturining bir qismi bo‘ladi.
CALC bilan shartnomalar imzolanishi aviakompaniyaning zamonaviy yechimlarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda yaxshilash bo‘yicha strategik yo‘nalishini yana bir bor ta’kidlaydi.