Uzbekistan Airways besh yillik tanaffusdan so‘ng Tyumenga reyslarni tikladi

Uzbekistan Airways besh yillik tanaffusdan so‘ng Tyumenga reyslarni tikladi

Uzbekistan Airways besh yillik tanaffusdan so‘ng Tyumenga reyslarni tikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi besh yildan keyin Tyumen shahridagi Roщino aeroportiga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ydi.

Aeroport matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Toshkent — Tyumen yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning har kuni amalga oshiriladi.

Aeroport saytida qayd etilishicha, parvoz vaqti taxminan 2 soat 35 daqiqani tashkil etadi.

Reyslarning tiklanishi orqali yo‘lovchilar Toshkent va Tyumen o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi havo yo‘nalishlari yana-da kengayadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling