Uzbekistan Airways 30 martdan Toshkent — Atirov yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Uzbekistan Airways 30 martdan Toshkent — Atirov yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Atirov o‘rtasida yangi muntazam aviayo‘nalish ochilishini maʼlum qildi.
Reyslar 30 martdan boshlab amalga oshiriladi: dushanba kunlari kunduzgi vaqtda, juma kunlari esa kechqurun. Yangi yo‘nalish bo‘yicha aviachipta narxi 1 962 000 so‘mdan boshlanadi.
Atirov — Ural daryosi sohilida joylashgan zamonaviy shahar bo‘lib, Qozog‘istonning asosiy ishbilarmonlik markazlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalishning ochilishi har ikki mamlakat yo‘lovchilari uchun ishbilarmonlik va sayyohlik imkoniyatlarini kengaytiradi hamda O‘zbekiston poytaxti bilan Qozog‘istonning muhim iqtisodiy markazi o‘rtasida qulay aviaqatnovni taʼminlaydi.