"Uzbekistan Airports" va "Harvest Epoch" elektron tijorat logistika xabini yaratish masalasini muhokama qildi

"Uzbekistan Airports" va "Harvest Epoch" elektron tijorat logistika xabini yaratish masalasini muhokama qildi

"Uzbekistan Airports" va "Harvest Epoch" elektron tijorat logistika xabini yaratish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro aeroporti yuk terminalida "Harvest Epoch Strategic Investment Limited" kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun "E-commerce logistics hub" loyihasini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida tomonlar loyihani ishga tushirishning asosiy bosqichlarini, jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, shuningdek, infratuzilma va logistika jarayonlariga qo‘yiladigan talablarni muhokama qildilar. O‘zbekistonning tranzit salohiyatini rivojlantirish hamda uning mintaqaviy aviatsiya va logistika markazi sifatidagi rolini mustahkamlashda ushbu loyihaning ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi.

"Harvest Epoch Strategic Investment Limited" — shtab-kvartirasi Gonkongda joylashgan xalqaro investitsiya kompaniyasi bo‘lib, infratuzilma va logistika loyihalarini, jumladan, elektron tijorat va transchegaraviy savdo sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan. Kompaniya transport koridorlarini rivojlantirish va zamonaviy logistika yechimlarini yaratishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etish tajribasiga ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling