Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
“Uzbek Overseas Geology Company” Afg‘onistonda geologik-qidiruv ishlarini boshladi

“Uzbek Overseas Geology Company” Afg‘onistonda geologik-qidiruv ishlarini boshladi

“Uzbek Overseas Geology Company” Afg‘onistonda geologik-qidiruv ishlarini boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Uzbek Overseas Geology Company” Afg‘oniston hududida geologik-qidiruv loyihasini amalga oshirishni boshladi. Ishlar Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida olib borilib, uglevodorod resurslari, shuningdek temir va mis konlarini aniqlashga qaratilgan.

Balx viloyati hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Nurul Xodi Abu Idris hamda kompaniya bosh direktori Xayitboy Omonov ishtirokida geologik-qidiruv ishlariga rasman start berildi. Kompaniya afg‘on tomoni bilan olib borilgan muzokaralar yakunida tegishli litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Amirligining Tog‘-kon sanoati va neft vazirligi o‘rtasida ilgari imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda. Tomonlar geologiya va tog‘-kon sanoati yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling