Valyuta kurslari 13/10/2025
$1 – 12140.91
UZS – 0,14%
€1 – 14053.10
UZS – -0,29%
₽1 – 149.41
UZS – 0,15%
Qidirish
“UzBAT”dagi davlat ulushi asosiy aksiyador tomonidan sotib olingan

“UzBAT”dagi davlat ulushi asosiy aksiyador tomonidan sotib olingan

“UzBAT”dagi davlat ulushi asosiy aksiyador tomonidan sotib olingan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatga tegishli 2,6% ulushdagi “UzBAT A.O.“ aksiyalari kompaniyaning asosiy aksiyadori — BAT Uzbekistan (Investment) Limited (Buyuk Britaniya) foydasiga imtiyozli sotib olish huquqi asosida sotilgan , deb xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Ustav va qonunchilikka muvofiq, “UzBAT“ aksiyadorlari sotuvga qo‘yilgan paketni birinchi navbatda sotib olish huquqiga ega edi. Davlat tomonidan xabardor qilingach, xorijiy aksiyador ushbu huquqdan foydalandi va paketni 269,7 mlrd so‘m (taxminan $22,2 mln) bahoda sotib oldi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, aksiyalar paketi mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholangan va hisobot majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan. Tushgan mablag‘lar xususiylashtirish jamg‘armasiga yo‘naltirilib, respublika budjetiga o‘tkazilgan.

Davlat ulushining 2,6%ini imtiyozli huquq orqali asosiy investorga sotish — davlat uchun bozorga chiqmasdan, tez va xavfsiz bitimni amalga oshirish imkonini beradi va budjetga tushumni kafolatlaydi.

Dastlab “UzBAT“ aksiyalarini “Xalqchil IPO“ dasturi doirasida joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, bu ssenariydan bir qator sabablarga, shu jumladan soha xususiyatlari bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra voz kechildi. Natijada, paketni bevosita asosiy investorga xususiylashtirish prognoz qilinadigan va boshqariladigan yechim bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling