UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 ni taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors Chevrolet Uzbekistan‘ning rasmiy Telegram-kanali orqali Chevrolet Cobalt 2025 yilgi yangilangan versiyasini ishlab chiqarishni eʼlon qildi.
«Cobalt 2025: orzularingiz shakl kasb etadigan pallada! Biz mijozlarimizning istaklarini inobatga oldik va ularning kutganlariga to‘liq javob beradigan avtomobil yaratdik. Cobalt 2025 ni qarshi oling — unda sizga kerakli barcha imkoniyatlar va hatto undan ham ortiq narsalar mavjud», — deyiladi xabarda.
Model yangilangan interyerga ega bo‘ldi: Tracker 1 uslubidagi priborlar paneli, dvigatel harorati datchigi, Apple CarPlay va Android Auto‘ni qo‘llab-quvvatlaydigan MyLink multimedia tizimi, kruiz-nazorat, multimedia boshqaruvini ruldan idora qilish imkoniyati hamda old o‘rindiqlarni isitish funksiyasi.
UzAuto Motors bosh direktori Yanosh Kovach taʼkidlashicha, kompaniya yaqin vaqt ichida yana sakkizta yangi avtomodelni taqdim etishni rejalashtirgan. Bu haqdagi bayonot Toshkentda bo‘lib o‘tgan Chevrolet Tahoe High Country yo‘ltanlamasi taqdimoti doirasida qilindi.