Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
UzAuto Motors soxta Chevrolet sovg‘alari haqida ogohlantirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors matbuot xizmati chevrolet-uz-2025 xorijiy domenida soxta veb-sayt paydo bo‘lganini maʼlum qildi. Unda kompaniya nomidan O‘zbekiston fuqarolariga Chevrolet markasidan avtomobillarni yutib olish haqida maʼlumot paydo bo‘lganini xabar qildi.
Kompaniya bu kabi o‘yinlarni UzAuto Motors hech qachon o‘tkazmaganini va o‘tkazmasligini alohida taʼkidladi. Tarqatilayotgan maʼlumot notog‘ri va firibgarlik xususiyatiga ega ekanligi qayd etildi.
Fuqarolarga hushyor bo‘lish, shubhali manbalarga ishonmaslik tavsiya etiladi va kompaniyaning rasmiy yangiliklari va eʼlonlari faqat tasdiqlangan axborot kanallari orqali eʼlon qilinishini eslatildi.