Uy-joy bo‘yicha Milliy qo‘mita va Soliq qo‘mitasiga yangi rahbarlar tayinlandi
Uy-joy bo‘yicha Milliy qo‘mita va Soliq qo‘mitasiga yangi rahbarlar tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uy-joy sohasi va Soliq qo‘mitasi rahbarlarini tayinlash hamda ularni lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Farrux Jaxongirovich Pulatov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.