Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
“UVT-Aero” Perm va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yadi
(Surat: UVT-Aero)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning “UVT-Aero” aviakompaniyasi 12 maydan boshlab Permdan Toshkentga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi va joriy yilning 25 avgustigacha davom etadi.
Chipta narxi taxminan 13 ming rublni tashkil etadi, bu esa 1,9 million so‘mga tengdir.
Marshrut Bombardier samolyotlari orqali amalga oshiriladi, parvoz vaqti taxminan 3 soat 20 daqiqani tashkil etadi.