Urgutda deyarli 1 kg opiy bilan giyohvand sotuvchisi qo‘lga olindi
Urgutda deyarli 1 kg opiy bilan giyohvand sotuvchisi qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan – Urgut tumanida yashovchi, 1966 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs 993 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 15 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ўтказиш...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Taʼkidlash lozimki, Jinoyat Kodeksining ushbu moddalarining mazkur qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.