Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlangan 61 mln. so‘mlik kamomad bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-modddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi mazkur jinoyat ishining unda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biriga tegishli qismini tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berish evaziga 2500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

So‘ngra hokim yordamchisi ushbu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur qonun himoyachisi ham 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Maʼlum bo‘lishicha, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumondor shaxsga tegishli qismini JPKning 84-moddasi bilan tugatib berishni vaʼda qilgan.

Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Afsuski, hokim yordamchisi muqaddam JKning 167-moddasi bilan, advokat esa 168-moddasi bilan sudlangan bo‘lishlariga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling