Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi etib qayta nomlandi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;

tibbiyot taʼlimi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling