UNVI O‘zbekistonda Mercedes avtobuslarini elektrobuslarga aylantirishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ispaniyaning UNVI kompaniyasi O‘zbekistonda Mercedes avtobuslarini elektr harakatlanuvchi transport vositalariga aylantirishni tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Dunyo axborot agentligi.
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov UNVI bosh direktori Eloy Peres bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda avtomobilsozlik va ekologik toza transportni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
UNVI brendi ostida shahar, shaharlararo va turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslarni ilg‘or texnologiyalar asosida qo‘shma ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda turizm oqimi o‘sib borayotgani sababli avtobuslarga bo‘lgan talab ortib borayotganini qayd etdi.
Uchrashuvda Toshkentda ekspluatatsiyadan chiqarilgan Mercedes-Benz Conecto avtobuslarini modernizatsiya qilish va ularni elektrobuslarga aylantirish loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi. Loyiha doirasida kompaniya zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishni maqsad qilgan.
UNVI Samarqanddagi SamAuto zavodi bazasida mahalliy sharoitlar va mahsulot raqobatbardoshligini hisobga olgan holda kooperatsiya loyihasini bosqichma-bosqich rivojlantirishni taklif qildi.