Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
O‘zbekiston 20/03/2025 UNIСEF vakolatxonasi rahbari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

UNIСEF vakolatxonasi rahbari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 19-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva UNIСEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio xonim bilan uchrashdi.

 Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, O‘zbekistonda bolalar manfaatlarini himoya qilish va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, taʼlim sifatini oshirish, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, inklyuziv muhitni rivojlantirish hamda yoshlar va o‘smirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda maktablarda va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifatli taʼlimni taʼminlash, bolalar uchun ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuchaytirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari xususida fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekiston va UNIСEF o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga, mavjud loyihalarni yanada samarali amalga oshirishga hamda bolalarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surish masalasida birgalikda ish olib borishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida bolalar va yoshlar uchun barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yaratish yo‘lida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekanini qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling