UnionPay va HUMO QR to'lovlarining o'zaro ishlashi bo'yicha memorandum imzoladilar
UnionPay va HUMO QR to'lovlarining o'zaro ishlashi bo'yicha memorandum imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Union Pay International va HUMO to‘lov tizimi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda davom etmoqda.
Shanxayda bo‘lib o‘tgan Global hamkorlar konferensiyasi — UnionPay 2025 doirasida UnionPay International va O‘zbekistonning yetakchi to‘lov tizimlaridan biri bo‘lgan HUMO o‘rtasida navbatdagi Memorandum imzolandi.
Ushbu Memorandum QR-kodlar muvofiqligini ta’minlash loyihasiga asos soladi: HUMO kartasi foydalanuvchilari Union Pay global tarmog‘i orqali to‘lov qilish, UnionPay foydalanuvchilari esa QR-kod orqali HUMO mahalliy ekotizimida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Hamkorlar kartalarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish va kobrend mahsulotlarini chiqarish sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikni rivojlantirib, to‘lov infratuzilmasini mustahkamlash va
Xitoy hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni kuchaytirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, UnionPay va HUMO o‘rtasidagi munosabatlar 2021-yilda Union Pay kartalari ekvayringi (qabul qilish) loyihasi bilan boshlangan edi.