Valyuta kurslari 29/09/2025
$1 – 12138.67
UZS – -0,5%
€1 – 14176.75
UZS – -1,06%
₽1 – 145.36
UZS – -0,5%
Qidirish
UNDESA bilan raqamli hukumat yo‘nalishida hamkorlik mustahkamlanmoqda

UNDESA bilan raqamli hukumat yo‘nalishida hamkorlik mustahkamlanmoqda

UNDESA bilan raqamli hukumat yo‘nalishida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UNDESA)ning Raqamli hukumat bo‘limi boshlig‘i Vinchenso Akuaro bilan uchrashdi.

Uchrashuvda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, elektron platformalar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish, idoralararo integratsiya va raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda sun’iy intellektni boshqaruv jarayonlariga integratsiyalash masalalari muhokama qilindi.

Bunda, fuqarolarga jamoatchilik muhokamalarida ishtirok etish, takliflar kiritish, tashabbus va takliflarni ko‘rish uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan Milliy elektron ishtirok portalining imkoniyatlari bo‘yicha (muloqot.gov.uz) taqdimot qilindi. O‘z navbatida, Vinchenso Akuaro mamlakatimizda raqamlashtirish orqali davlat organlari faoliyati ochiqlik siyosati asosida amalga oshirilayotganini va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari uchun BMTning elektron hukumat indeksi metodologiyasidan foydalangan holda davlat xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etish, BMTning elektron hukumat indeksi metodologiyasidan foydalangan holda davlat organlarida pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling