UMRC SPV kapital bozori sohasidagi «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) “UMRC SPV” MCHJni ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
“UMRC SPV” MCHJ “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi”AJ (Kompaniya) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati – O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalari chiqarish hisoblanadi.
Tashkilotning ro‘yxatdan o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmoni va unga ilova qilingan “2025 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan muhim amaliy chora hisoblanadi.
“UMRC SPV”MCHJning asosiy vazifasi tijorat banklaridan ipoteka kreditlari jamlanmalarini balansiga qabul qilish va ipoteka kreditlari jamlanmalari taʼminoti ostida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hisoblanadi.