Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Sport 11/07/2025 Ulug‘bek Rashitov doping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

Ulug‘bek Rashitov doping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov dopingga qarshi qoidalarni buzgani sababli ikki yilga musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda Xalqaro doping sinovlari agentligi (ITA) rasman maʼlum qildi.

Agentlik bayonotiga ko‘ra, Rashitov so‘nggi 12 oy ichida uch marta o‘z joylashuvi haqida noto‘g‘ri maʼlumot bergan, bu esa doping qoidalarini buzish sifatida baholanadi. Sportchi o‘z xatosini tan oldi va belgilangan jazo bilan rozi bo‘ldi.

Diskvalifikatsiya 2025 yil 13 maydan boshlanib, 2027 yil 12 maygacha amal qiladi. Shuningdek, 2025 yil 3 fevraldan 12 maygacha bo‘lgan davrdagi barcha shaxsiy natijalari beqaror qilinadi.

Rashitov Sport arbitraj sudining (CAS) apellyatsiya bo‘limiga murojaat qilish huquqiga ega.

Ulug‘bek Rashitov — O‘zbekiston tarixidagi eng taniqli taekvondochilardan biri. U Tokio-2021 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan, shuningdek, jahon reytingida eng yaxshi taekvondochi sifatida eʼtirof etilgan. Ayniqsa, Tokioda qo‘lga kiritgan g‘alabasi taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi birinchi Olimpiya oltin medali bo‘lgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling