Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bu vazifaga tayinlangunga qadar u viloyat rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.
Uning nomzodini viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdim etdi.
Deputatlar oldidagi nutqida davlat rahbari yangi hokim hal etishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Prezidentning taʼkidlashicha, viloyat kamida 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilishi, yillik eksport hajmini 500 million dollarga yetkazishi, 175 mingta ish o‘rni yaratishi va 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarishi lozim.