Ufuq Ultash Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Ufuq Ultashdan ishonch yorliqlarining nusxasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida Toshkent va Anqara ikki tomonlama hamkorlikni faol davom ettirayotgani hamda mintaqaviy sheriklikni kengaytirish yo‘nalishida hamkorlik qilishi taʼkidlandi.
"Biz olib borayotgan qo‘shma saʼy-harakatlar ikki davlatning ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi", — dedi Baxtiyor Saidov, o‘zbek-turk munosabatlari yana-da mustahkamlanishiga ishonch bildirib.
Tashqi ishlar vaziri Ufuq Ultashni yangi lavozim bilan qutladi va uning diplomatik faoliyatiga omad tiladi.
Yangi elchi 2025 yil fevral oyida faoliyatini yakunlagan Olg‘an Bekarni almashtirdi.