Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Ufada O'zbekistonning Aisha Home Textile kompaniyasining birinchi ko'rgazma zali ochildi

Ufada O'zbekistonning Aisha Home Textile kompaniyasining birinchi ko'rgazma zali ochildi

Ufada O'zbekistonning Aisha Home Textile kompaniyasining birinchi ko'rgazma zali ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Oqibjon Inamov boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 21–22 oktyabr kunlari Moskva viloyatida o‘tkazilgan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi II hududlar Kengashi doirasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov bilan uchrashuvda Namangandagi to‘qimachilik korxonalari Boshqirdistonda o‘z “Savdo uy”lari va do‘konlarini ochishning yakuniy bosqichiga yetgani, xususan, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri — “Aisha Home Textile” kompaniyasi Ufa shahridagi “Mega” savdo markazida o‘zining ilk rasmiy do‘konini ochganini maʼlum qilgan edi.

Bugun Ufa shahridagi “Mega” savdo markazida “Aisha Home” korxonasining rasmiy shou-rum do‘koni tantanali ravishda ochilib, faoliyat boshladi.

Tadbirda Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Oqibjon Inamov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Ufa shahrida tashkil etilgan yangi savdo uyi o‘zbek mahsulotlari uchun mintaqada barqaror platforma yaratadi. Mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri isteʼmolchiga yetkazish, logistika harajatlarini optimallashtirish, talab va bozordagi o‘zgarishlarni tezkor o‘rganish imkonini beradi.

Loyiha doirasidagi ikkinchi bosqichda Ufa shahrida kostyum-shim hamda erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar uchun ham savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tashabbus Namangan yengil sanoati mahsulotlarini Rossiya bozoriga tizimli va keng ko‘lamda chiqarish imkoniyatlarini yana-da oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling