Valyuta kurslari 11/08/2025
$1 – 12672.81
UZS – 0,63%
€1 – 14753.69
UZS – 0,38%
₽1 – 158.89
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston 11/08/2025 “Uch Qaxramon” bozorida tunda yong‘in sodir bo‘ldi, qurbonlar yo‘q

“Uch Qaxramon” bozorida tunda yong‘in sodir bo‘ldi, qurbonlar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-avgust kuni soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga, Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

O‘t o‘chirish va qutqaruv guruhlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib kelishdi, yong‘in hozirda o‘chirildi.

Yong‘inni o‘chirishga 10 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi jalb qilingan.

Yong‘in soat 03:24da lokalizatsiya qilinib, soat 04:46da to‘liq o‘chirilgan.

Hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to'g'risida ma'lumot kelib tushmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling