Ucell Ookla va Opensignal ning beshta xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi
Ucell Ookla va Opensignal ning beshta xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Ucell kompaniyasi Opensignal va Ookla kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan mobil aloqa sifati bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar yakunlariga ko‘ra bir nechta nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Opensignal ning uchta xalqaro mukofoti
Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy Opensignal bosh direktori Charles Rutstein qo‘lidan birdaniga uchta mukofotni qabul qilib oldi.
Ucell kompaniyasi Opensignal tomonidan e’lon qilingan Mobile Network Experience Report – March 2026 xalqaro hisobotida uchta yo‘nalish bo‘yicha g‘olib deb topildi:
- O‘zbekistonda eng tezkor mobil internet - Fastest Mobile Network
- O‘zbekistonda eng barqaror tarmoq sifati - Most Consistent Network Quality
- O‘zbekistonda eng ishonchli mobil tarmoq - The Most Reliable Network
Nimalar o‘lchandi va baholandi:
- foydalanuvchilar mobil tarmoqdan foydalanishda oladigan odatiy ma’lumot yuklab olish tezligi;
- tarmoqning video, messenjerlar, internet va kontent yuklash jarayonlarini sezilarli kechikishlar va uzilishlarsiz barqaror ishlashini ta’minlash qobiliyati;
- foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanishi va asosiy raqamli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati.
Ookla ning ikki xalqaro mukofoti
Ookla kompaniyasining Savdo bo‘yicha direktori Viktor Zeng mukofotlarni Ucell kompaniyasi rahbariyatiga topshirdi.
Bundan bir necha vaqt oldin, 2025-yilning ikkinchi yilligi yakunlariga ko‘ra, Ucell Ookla’ning Speedtest Intelligence® ma’lumotlari tahliliga asoslangan mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi.
- O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq - Best Mobile Network
- O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet - Fastest Mobile Network
Mukofotlar 2025-yilning III–IV choraklari (Q3-Q4 2025) uchun Speedtest Intelligence® ma’lumotlari tahlili asosida, 2025 Speedtest Awards doirasida taqdim etilgan.
Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy shunday dedi: «Telekommunikatsiya bozorida, ayniqsa mobil operatorlar orasida yetakchiga aylanish nihoyatda murakkab. Ammo mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish bundan ham qiyin. Ucell kompaniyasining OOKLA tomonidan ikki yil ketma-ket bozorning eng yaxshisi sifatida e’tirof etilishi, shuningdek Opensignal tomonidan berilgan joriy e’tirof Ucell ning texnologik yetakchiligi va tanlangan rivojlanish strategiyasining barqarorligini yana bir bor tasdiqlaydi».
Ucell: 30 yillik rivojlanish, innovatsiyalar va oldinga intilish
2026-yil kompaniya uchun muhim sana bo‘ldi: Ucell O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi 30 yillik faoliyatini nishonlamoqda. Shu vaqt davomida operator mobil aloqa bozoridagi ilk ishtirokchilardan biridan mobil internet sifati va tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish sohasida mezonlarni belgilab beruvchi kompaniyaga aylandi. Ookla va Opensignal kabi xalqaro mustaqil tashkilotlar tomonidan berilgan e’tirof kompaniyaning izchil o‘sish strategiyasi, tarmoqni tizimli modernizatsiya qilish hamda abonentlar manfaatlariga qaratilgan yondashuvining mantiqiy tasdig‘iga aylandi. Ucell ilg‘or yechimlarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirishni davom ettirib, mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilarga jahon darajasidagi mobil aloqadan foydalanish imkoniyatini ta’minlamoqda.
Opensignal. Mobil aloqa sohasida foydalanuvchilarning real tajribasini o‘lchashga ixtisoslashgan mustaqil xalqaro tahliliy kompaniya. Kompaniya hisobotlari foydalanuvchilar smartfonlaridan yig‘ilgan millionlab o‘lchov natijalariga asoslanadi hamda kundalik hayotda mobil internetning haqiqiy sifatini aks ettiradi.
Ookla. Speedtest xizmati va Speedtest Intelligence® tahliliy platformasi bilan tanilgan mobil va keng polosali tarmoqlarni tahlil qilish sohasidagi jahon yetakchisi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tezlik testlari asosida tarmoqlar samaradorligi bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazadi.
* Ucell - O‘zbekistonda Ookla® kompaniyasining “Fastest Mobile Network” hamda “Best Mobile Network” mukofotlari sohibi. Ookla® Speedtest Awards, 2H 2025 ma’lumotlari bo‘yicha. Uzbekistan – 2025 Speedtest Awards
2025-yil ikkinchi yarmiga (Q3–Q4 2025) oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlari bo‘yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida. Ookla savdo belgilari litsenziya bo‘yicha va huquq egasining ruxsati bilan qo‘llanmoqda
Ucell – O‘zbekistonda Opensignal® kompaniyasining “Fastest Mobile Network”, “Most Consistent Network Quality” hamda “The Most Reliable Network” sovrinlari sohibi. Manba: Opensignal Awards – Uzbekistan: 2025-yil 1-oktabr – 29-dekabr davrida ro‘yxatga olingan uyali aloqani tekshirishlarning mustaqil tahliliga asoslangan Uyali aloqa tarmog‘idagi ish tajribasi haqida hisobot, 2026-yil, mart. © 2026 Opensignal Inc.
Reklama