U19 yosh toifasidagi bokschilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda boks bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlanib, O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib muvaffaqiyatga erishib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik bokschilar jami 13 ta medal, jumladan, 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sevara Mamatova (60 kilogrammgacha), Sobiraxon Shaxobiddinova (80 kilogrammdan yuqori), Jahongir Zayniddinov (65 kilogrammgacha), Abdulaziz Jo‘raqulov (70 kilogrammgacha), Norbek Abdullaev (80 kilogrammgacha), Samir Sobirov (85 kilogrammgacha) va Islom Solixov (90 kilogrammdan ortiq) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kumush medallarni Rayhona Qurbonboeva (70 kilogrammgacha), Maftuna Musurmonova (48 kilogrammgacha) va Muhammadjon Yoqubboyev (75 kilogrammgacha) qo‘lga kiritdi.
Bronza medali sovrindorlari Abdurahmon Mahmudjonov (60 kilogrammgacha), Maftuna Yangieva (75 kilogrammgacha) va Ruxshona Parpieva (81 kilogrammgacha) bo‘ldi.
Shu tariqa, mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi o‘zbek boks maktabining xalqaro maydondagi yuksak saviyasini yana bir bor tasdiqladi.