U-22 Osiyo chempionati: O‘zbekiston bokschilari ishonchli ravishda birinchi o‘rinni egalladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston bokschilari yana bir bor qitʼadagi yetakchiligini isbotlab, yuqori darajadagi tayyorgarlik va mahorat namoyish etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, jamoamiz 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoaviy hisobda ishonchli ravishda birinchi o‘rinni egalladi.
Qitʼa chempionlari deb Gulsevar G‘aniyeva (51 kg), Xumorabono‘ Mamadjanova (57 kg), Samandar Alimov (55 kg), Sayaʼ Ilyasov (65 kg), Muxammadazizbek Ismoilov (70 kg), Shavkatjon Boltayev (75 kg), Abdulaziz Abduraxmonov (85 kg) va Xalimjon Mamasoliyev (90 kgdan ortiq) topildi.
Kumush medal sohiblari — Robiyaxon Baxtiyorova (48 kg), Uzukjamol Yunusova (54 kg), Oysha Tairova (70 kg), Shohrux Abdumalikov (60 kg), Raxmatullo Boymatov (80 kg) va Shaxzod Polvonov (90 kg).
Bronza medallarini esa Behruz Xoldorov (50 kg), Odinaxon Ismoilova (60 kg), Moxira Axmedova (65 kg) va Diyoraxon Abdumannobova (81 kgdan ortiq) jamoa hisobiga qo‘shdi.
Taʼkidlash joizki, kecha, 19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada ham O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi natijani qayd etib, 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.