Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Tyantszin shahrida Oʻzbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi

Tyantszin shahrida Oʻzbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi

Tyantszin shahrida Oʻzbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini targ‘ib etish maqsadida xorijiy davlatlarda yirik ko‘rgazmalar va investitsiya forumlarini tizimli asosda tashkil etib kelmoqda.

Shu jumladan, 22-noyabr kuni Tyantszin shahrida O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi va ISSVning Xitoydagi Vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston–Xitoy savdo-iqtisodiy forumi o‘tkazildi.

Tadbirda ikki davlatning davlat idoralari, ishbilarmon doiralari va tadbirkorlar uyushmalaridan 400 dan ortiq vakillar ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekistonda shakllangan jozibador investitsiya muhiti, biznes uchun qulay sharoitlari, investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari batafsil taqdim etildi.

“Made in Uzbekistan” milliy stendi ham tashkil etildi. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda mamlakatning turistik salohiyati namoyish etildi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Xitoylik investorlar bilan G2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Energetika, infratuzilma, kimyo sanoati, yengil sanoat, agrokompleks, qurilish materiallari ishlab chiqarish va logistika yo‘nalishlarida loyihaviy takliflar taqdim etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling