Turkmaniston Prezidenti tantanali kutib olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda Prezidentlar oldidan saf tortib o‘tdi.
Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
#Shavkat Mirziyoyev