Turkmaniston bilan ikki tomonlama kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi
Turkmaniston bilan ikki tomonlama kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi:
– O‘zbekiston – Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyati to‘g‘risidagi shartnoma;
– Sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
– Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim;
– Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
– Xalqaro avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
– Adliya vazirliklari o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– Madaniyat sohasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– Neft mahsulotlari va suyuq kimyoviy yuklarni tashish uchun temir yo‘l vagonlarini yetkazib berish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
– Biologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston ekspertlar kengashini tuzish to‘g‘risidagi memorandum;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Turkmaniston Davlat, huquq va demokratiya instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
– O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
– Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan Lebap viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Axal viloyati hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Toshhovuz viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar.
#Shavkat Mirziyoyev