Turkiyaning Xatay viloyatidan delegatsiya Urganchga tashrif buyurdi

Turkiyaning Xatay viloyatidan delegatsiya Urganchga tashrif buyurdi

Turkiyaning Xatay viloyatidan delegatsiya Urganchga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiyaning Hatay viloyati vakillari bugun Urganch xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Mehmonlar Urganch davlat pedagogika institutidagi Navroʻz tantanalarida ishtirok etadilar. Kunning ikkinchi yarmida “Arda Xiva” xalqaro turizm majmuasi va Ichan-Qal’aning tarixiy obidalarini tomosha qiladilar.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga, hududlararo hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi uchrashuvlar ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, turizm salohiyatini yanada samarali namoyon etishga zamin yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil yanvar oyida Turkiyaga rasmiy tashrifi chogʻida Hatay viloyatining Arsuz tumanida “Oʻzbekiston” turar-joy majmuasining ochilish marosimida turkiyalik qardoshlarni, xususan, Hatay aholisi vakillarini yurtimizga sayohat va Navroʻz bayramiga taklif etgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling