Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Turkiyaning Unirex kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Turkiyaning Unirex kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Turkiyaning Unirex kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Turkiyaning “Unirex” kompaniyasi direktori Atilla Altinkaya hamda kompaniya delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish va uzoq muddatli sheriklik formatlarini belgilash, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, jumladan zavodlar qurilishi, mahsulotlarni distributsiya qilish hamda taʼminot zanjirini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kompaniya vakillari mamlakatimizda farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, infratuzilmani takomillashtirish va islohotlar natijalariga yuqori baho berib, keng ko‘lamli o‘zgarishlar katta taassurot qoldirganini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, aniq takliflar va mexanizmlarni ishlab chiqish hamda keyingi muzokaralarni davom ettirish masalalari yuzasidan kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling