Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
Turkiyalik Medikal 2000 kompaniyasi Farg‘onada ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurishni rejalashtirmoqda

Turkiyalik Medikal 2000 kompaniyasi Farg‘onada ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurishni rejalashtirmoqda

Turkiyalik Medikal 2000 kompaniyasi Farg‘onada ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Medikal 2000” kompaniyasi boshqaruv raisi Nejip Chimen hamda uning mahalliy hamkori Azimjon Mirzaliyevni qabul qildi

Uchrashuvda Farg‘ona shahrida zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot shifoxonasi qurish va shifokorlar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiyotda xususiy sektorning ulushi ortib borayotgani haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani, bu esa tibbiy xizmat sifatining yana-da yaxshilanishiga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Nejip Chimen O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, Turkiya tadbirkorlarining mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda Yevropa standartlari asosida shifoxona qurish, kardiologiya, urologiya va onkologiya yo‘nalishlarida jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish hamda shifokorlar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Muloqot yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling