Turkiyalik investor ichki bozor va eksport uchun tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish niyatida
Turkiyalik investor ichki bozor va eksport uchun tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish niyatida
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning yetakchi investorlaridan biri Sari Uzgurni qabul qildi.
Uchrashuvda tibbiyot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, uzoq yillar davomida asosan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan “Kemal Diş Sağlık Ürünleri Üretimi Ltd. Şti.” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Farg‘onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha taqdimot qilindi.
Taqdimotda bino qurilishidan tortib, uni jihozlashgacha, zarur uskunalar, tibbiyot mahsulotlari bilan ta’minlashgacha bo‘lgan jarayonlar, ularni ishlab chiqarish, mutaxassislarni tayyorlash bosqichlari, yangi ish o‘rinlarini yaratilishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat mahalliy ehtiyojlarni ta’minlashi, balki xorijga ham eksport qilinishi ma’lum qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu loyihani amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi va hamkorlik masalalari kelishib olindi.