Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Xitoy kompaniyasi Farg'onada yuqori sifatli to'qimachilik ishlab chiqarishga investitsiya kiritmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg'onada yuqori sifatli to'qimachilik ishlab chiqarishga investitsiya kiritmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg'onada yuqori sifatli to'qimachilik ishlab chiqarishga investitsiya kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Zhangjiagang Huayi Textile Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Lyu Veylyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tikuv-to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, dunyodagi mashhur brend kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshloq tumanida faoliyat olib borayotgan "Amira Tekstil"  MChJ bilan Xitoy kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida so‘z bordi.

Viloyat rahbari mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, kelgusida uni yanada kengayib, rivojlanib borishiga ishonch bildirdi. Bu borada yaqindan ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Muloqot chog‘ida Lyu Veylyan kompaniya faoliyati haqida ma’lumot berib, Xitoyning Jiangsu provinsiyasida joylashgan mazkur korxona to‘qimachilik sanoatida ko‘p yillik tajribaga ega ekanini ta’kidladi. Zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida "Amira Tekstil"  MChJ va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling