Valyuta kurslari 16/06/2025
$1 – 12760.21
UZS – 0,43%
€1 – 14704.87
UZS – 0,0%
₽1 – 160.08
UZS – 0,55%
Qidirish
Turizm 16/06/2025 Turkiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 57 foizga oshdi

Turkiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 57 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 49,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 ming nafarga yoki 57,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

xizmat yuzasidan – 19 462 nafar

sayyohlik – 16 260 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 13 407 nafar

tijorat – 154 nafar

o‘qish – 123 nafar

davolanish – 20 nafar

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling