Valyuta kurslari 02/12/2025
$1 – 11895.57
UZS – -0,38%
€1 – 13826.22
UZS – 0,08%
₽1 – 152.98
UZS – 0,2%
Qidirish
Turkiyadan O‘zbekistonga odam savdosida ayblanayotgan ayol ekstraditsiya qilindi

Turkiyadan O‘zbekistonga odam savdosida ayblanayotgan ayol ekstraditsiya qilindi

Turkiyadan O‘zbekistonga odam savdosida ayblanayotgan ayol ekstraditsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyadan 2021 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan, odam savdosida gumon qilingan 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi.

Huquqni muhofaza qilish organlarining maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu ayol qizlarni yuqori maoshli ish bilan taʼminlashni vaʼda qilib aldagan, ularni Turkiyaga olib borgan, pasportlarini olgan va ularni jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi — «Odam savdosi» bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu shaxs 18 noyabr kuni Istanbulda O‘zbekiston va Turkiya Interpol milliy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida ushlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling