Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 13/06/2025 Turkiyada yo‘l-transport hodisasidan jabr ko‘rgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada yo‘l-transport hodisasidan jabr ko‘rgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida oyog‘i singan va og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga Bosh konsulxona tomonidan Vatanga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Turkiyaga ishlash maqsadida kelgan M.A. ismli fuqaro yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtda mototsikl haydovchisi tomonidan urib yuborilishi natijasida og‘ir tan jarohati oldi. Jabrlangan ayol moddiy imkoniyatlarining yo‘qligi va yashash joyisiz qolganligi bois qiyin ahvolga tushib qolgan edi.

Bosh konsulxona, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda bemorning shifoxona xarajatlarini qoplash va uni Vatanga qaytarish tashkillashtirildi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling