Turkiyada o'ldirilgan o'zbekistonlik fuqaroning jasadi topildi
Turkiyada o'ldirilgan o'zbekistonlik fuqaroning jasadi topildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada o‘ldirilgan mamlakat fuqarosining jasadi Vatanga qaytarilgani haqida xabar qildi.
Diplomatik vakolatxona maʼlumotiga ko‘ra, 25 yanvar kuni 46 yoshli Dilafruz Chulliyeva Balikesir shahridagi ish joyini tark etgan va bedarak yo‘qolgan. Chulliyeva keksa va bemor insonga qarab turuvchi hamshira sifatida ishlagan.
O‘g‘lining iltimosiga binoan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga tegishli nota yuborildi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda qidiruv operatsiyasi tashkil etildi.
2026 yil 28 fevral kuni Balikesir tumanidagi o‘rmon hududida nomaʼlum shaxsning jasadi topildi. Jasad uzoq vaqt ochiq havoda qolgani sababli shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmadi, shuning uchun DNK ekspertizasi o‘tkazish uchun qon namunalari olindi. Tekshiruv natijalari halok bo‘lgan shaxs Dilafruz Chulliyeva ekanini tasdiqladi.
Jinoyatni sodir etganlikda gumon qilib to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi. Hozirda voqeaning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari davom etmoqda.