Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan quyidagi shaxslar qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi: Muxamedova Barno Xusainovna -1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan; Najmiddinova Nozima Faxriddinovna - 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoyat javobgarligidan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettiriladi va javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling