Turkiyada kreditni qaytarishdan bo‘yin tovlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Turkiyada kreditni qaytarishdan bo‘yin tovlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yirik miqdordagi kredit mablag‘larini qaytarmaslikda gumon qilinib qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiya hududida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.
Diplomatik vakolatxona maʼlumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatidan bo‘lgan 37 yoshli shaxsning joylashuvi O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida aniqlangan.
Qo‘lga olingandan so‘ng u belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun topshirildi.
Ayni paytda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona, shuningdek, xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqirdi.