Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 27/01/2025 Turkiyada firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Turkiyada firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyada firibgarlikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxona xabariga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan tezkor tadbir natijasida 1991-yilda tug‘ilgan Axmadxon Yo‘ldoshxon o‘g‘li Ibrohimov qo‘lga olingan.

Ibrohimov fuqarolarga katta moddiy zarar yetkazgan qator firibgarlik harakatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda. U 2023-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Qo‘lga olinganidan so‘ng gumonlanuvchi Toshkentga deportatsiya qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling