Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Turkiya ijtimoiy tarmoqlarda Global Sumud flotiliyasi hodisasi ortidan Isroil bilan dengiz savdosi haqidagi xabarlarni rad etdi

Turkiya ijtimoiy tarmoqlarda Global Sumud flotiliyasi hodisasi ortidan Isroil bilan dengiz savdosi haqidagi xabarlarni rad etdi

Turkiya ijtimoiy tarmoqlarda Global Sumud flotiliyasi hodisasi ortidan Isroil bilan dengiz savdosi haqidagi xabarlarni rad etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Global Sumud flotiliyasi Isroil hujumiga uchragan paytda, o‘sha hududda Turkiyadan Isroilga borayotgan savdo kemalari bo‘lgan” degan va shu orqali Turkiya bilan Isroil o‘rtasida dengiz savdosi davom etayotgani haqidagi iddialar jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan ataylab uyushtirilgan targ‘ibot kampaniyasining bir qismidir, dedi Turkiya hukumati.

Rasmiy bayonotga koʻra, Turkiya 2024-yil 2-may sanasidan boshlab Isroil bilan eksport, import va tranzit savdo operatsiyalarini qamrab olgan barcha mahsulotlarni butunlay to‘xtatgan. Mazkur sanadan keyin bojxona organlariga topshirilgan chiqish deklaratsiyalari va eksport bayonnomalarida Isroilga oid hech qanday operatsiya mavjud emas.

Qabul qilingan qo‘shimcha choralar doirasida Isroil bayrog‘i ostida, Isroilga tegishli yoki u bilan aloqador kemalarning Turkiya portlariga kirishi taqiqlangan. Shuningdek, Isroilga harbiy yuk olib borayotgan xorijiy bayroqli kemalarning ham Turkiya portlariga kirishiga ruxsat berilmaydi.

Faqatgina Falastinga yordam yoki savdo qilayotganini hujjat bilan tasdiqlagan, har bir bayonnomasi Falastin Milliy Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ma’qullangan va kemada Isroilga taqiqlangan yuk mavjud emasligini oid kemalarni Turkiya portlariga kirishiga ruxsat beriladi.

Ushbu tartib kuchga kirganidan buyon ko‘plab Isroil bilan aloqador kemalarning Turkiya portlariga kirishi to‘xtatilgan; ko‘rsatmalarga zid ravishda harakat qilgan turk bayrog‘idagi kemalar esa bayroqdan chiqarib tashlash jarayoniga duch kelgan.

Bayonotda ijtimoiy tarmoqdagi postlarda tilga olingan 7 kemaning birortasi Turkiya bayrog‘i ostida emasligi aniqlangan; ulardan 4 tasida Turkiya portlaridan hech qanday yuk ortilmagan, 1 tasi esa faqat boshqa portlardan olgan yukini Turkiyaga tushirgan va Isroil savdosiga vositachilik qilmagan. Qolgan 2 kema esa port chiqish deklaratsiyasiga zid ravishda Hayfaga borganligi uchun Turkiya portlariga kirishi taqiqlangan va ular bo‘yicha zaruriy huquqiy jarayonlar olib borilmoqda.

Turkiya, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar Falastinni qo‘llab-quvvatlashdagi qat’iy pozitsiyasini soya ostida qoldirishga qaratilgan ongli kampaniyaning bir qismi ekanini ta'kidladi. Rasmiylar Turkiyaning Falastin xalqining yonida bo'lishda davom etishini va qat'iy pozitsiyasini saqlab qolishini takrorladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling