Turkiya bilan ruxsatnoma blankalarining barcha turlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Sochi shahrida Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashdi.
Sayyohlik almashinuvini kengaytirish, jumladan milliy turistik mahsulotlarini targ‘ib qilish, Rossiya tomonining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sayyohlik va infratuzilma loyihalarida ishtiroki masalalari muhokama etildi.
Fuqarolarning o‘zaro tashrif buyurishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, biznes-turizm yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatish hamda yirik kompaniyalar xodimlari uchun maxsus sayyohlik takliflarini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonning turistik hududlariga sarmoyalarni jalb etish mexanizmlari va Rossiya hamda O‘zbekiston turoperatorlarining ikki davlat hududida o‘tkaziladigan yirik tarmoq tadbirlarida ishtiroki muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro sayyohlik almashinuvini kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi va aniq qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.