Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Turk kompaniyalari Yangi Toshkent uchun stadion konsepsiyasini taqdim etdi

Turk kompaniyalari Yangi Toshkent uchun stadion konsepsiyasini taqdim etdi

Turk kompaniyalari Yangi Toshkent uchun stadion konsepsiyasini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — “KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O‘zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o‘yingohi bo‘yicha o‘zlarining konseptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura yechimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan ichki majmualar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘FA rahbariyati loyiha bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik me’yorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to‘liq mos bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling