Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Turizm qo‘mitasida Qozog‘iston bilan o’zaro sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasida Qozog‘iston bilan o’zaro sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi

 

Turizm qo‘mitasida Qozog‘iston bilan o’zaro sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasida Qozog‘istonning “Air Astana” aviakompaniyasi vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi havo qatnovlarini kengaytirish, yangi yo‘nalishlar ochish va mavjud parvozlar sonini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish va transport‑logistika imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish, zamonaviy mehmonxonalar, madaniy-ko‘ngilochar maskanlar va transport-logistika qulayliklarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlarning mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosiga, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ta’kidlandi. Shu munosabat bilan aviaqatnovlarning kengaytirilishi O‘zbekistonda ochilayotgan yangi turizm obyektlari, zamonaviy muzey-koʻrgazma majmualari, rekonstruksiya qilingan tarixiy ansambllar hamda barpo etilgan zamonaviy turistik infratuzilma bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlik doirasida muloqotni davom ettirish va aniq takliflarni ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va har ikki mamlakat turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling