Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
TrinaTracker O‘zbekistondagi loyiha uchun 363 MVt quvvatga ega quyosh trekerlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

TrinaTracker O‘zbekistondagi loyiha uchun 363 MVt quvvatga ega quyosh trekerlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

TrinaTracker O‘zbekistondagi loyiha uchun 363 MVt quvvatga ega quyosh trekerlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Trinasolar kompaniyasining biznes bo‘limi hisoblangan va dunyodagi yetakchi intellektual quyosh treker yechimlari taʼminlovchilaridan biri — TrinaTracker Navoiy viloyatidagi fotoelektr stansiyasi uchun 363 MVt quvvatga ega quyosh treker tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Bu yirik buyurtma kompaniyaning Markaziy Osiyodagi navbatdagi muhim qadami bo‘lib, uning texnologik yetakchiligi, mahsulotlarining ishonchliligi va loyihalarni amalga oshirishdagi yuqori standartlarini yana bir bor tasdiqladi. Yangi shartnoma bilan TrinaTracker tomonidan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan umumiy quvvat 1 GVtdan oshib ketdi.

Navoiy viloyatidagi loyiha China Energy Engineering Overseas Investment Company tomonidan moliyalashtirilmoqda va TrinaTracker ishlab chiqargan Vanguard 1P turidagi 7 267 ta bir o‘qli treker to‘plamlarini o‘rnatishni nazarda tutadi.

Hududning murakkab geologik va iqlimiy sharoiti tufayli loyihani amalga oshirish jiddiy muhandislik muammolari bilan bog‘liq. Yoz oylarida havo harorati 48°C gacha yetsa, shamol tezligi soatiga 52,3 m/s ni tashkil etadi, yer yuzasi esa diametri 200 mm gacha bo‘lgan qattiq toshlar bilan qoplangan bo‘lib, qurilish jarayonini ayni vaqtda juda mehnattalab qiladi.

TrinaTracker o‘zining texnikaviy salohiyati va katta tajribasiga tayanadigan holda, tizimning uzoq muddatli ishonchliligini taʼminlaydigan individual yechim ishlab chiqdi. Vanguard 1P trekerlari tuzilmaviy va aerodinamik sinovlardan to‘liq o‘tgan bo‘lib, kuchli shamollar hamda ekstremal haroratlarga yuqori chidamlilikni namoyon etadi va 25 yillik ekspluatatsiya davri mobaynida barqaror ishlashni kafolatlaydi.

Loyiha O‘zbekistonning 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish bo‘yicha milliy strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda mamlakatning energetik transformatsiyasi va barqaror taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Loyiha foydalanishga topshirilgandan so‘ng, stansiya yiliga taxminan 700 million kVt·soat toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu esa 220 ming tonna ko‘mir isteʼmolini qisqartirish va SO₂ chiqindilarini har yili 600 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

TrinaTracker prezidenti Alvaro Garsiya Maltras shunday dedi: «Biz O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishda yana ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Navoiy viloyatidagi loyiha bo‘yicha shartnoma imzolanishi bozorning bizning brend va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchini namoyon etadi. Biz yuqori sifatli loyihalarni yetkazib berish va ularning uzoq muddatli ishonchli faoliyatini taʼminlashga sodiqmiz, bu esa yana-da barqaror kelajakni yaratishga xizmat qiladi».

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling