Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
Iqtisod 01/07/2025 Transport vaziri “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasining asosiy obyektlari qurilishi jarayoni bilan tanishdi

Transport vaziri “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasining asosiy obyektlari qurilishi jarayoni bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 30-iyun kuni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida transport vaziri boshchiligidagi ishchi guruh  “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi doirasida Farg‘ona va Qo‘sh-Dobo tonnellarini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tonnellar “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishining asosiy inshootlari hisoblanadi. Har bir tonnelning uzunligi 12 km dan oshadi.

Shuningdek, ishchi guruh  Makmal temir yo‘l stansiyasi o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan yangi stansiya loyihasi va qurilish maydoni hamda Yangi Jalolobod temir yo‘l stansiyasi qurilishi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyun kuni Qirg‘izistonda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston xalqaro temir yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab to‘liq hajmdagi qurilish ishlari rasman boshlandi. Ushbu loyiha eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri hisoblanib, temir yo‘llarning 40 foizga yaqini tonnel va ko‘priklar orqali o‘tadi.

Shuningdek, vazir I.Maxkamov Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari A.Turgunbayev, “Qirg‘iz Temir Jolu” Milliy kompaniyasi Bosh direktori o‘rinbosari N. Arapbayev, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l kompaniyasi bosh direktori Chjou Sin va EPC pudratchi tashkilotining bosh direktori Chjan Ey Tao ishtirokida qurilish jarayonining borishini muhokama etib, tegishli masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling