Tramp Maduroni qo'lga olish va Venesueladan chiqarib yuborishni e'lon qildi
Tramp Maduroni qo'lga olish va Venesueladan chiqarib yuborishni e'lon qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro turmush o‘rtog‘i bilan birga qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqilganini maʼlum qildi.
«Prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olindi va mamlakatdan olib chiqildi», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Amerika ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, operatsiyada AQSH Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashish va maxfiy vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan elita maxsus bo‘linmasi — Delta Force ishtirok etgan.
Telekanal eslatishicha, ushbu tuzilma jangchilari 2019 yilda o‘tkazilgan operatsiya davomida «Islom davlati» terrorchilik guruhi (IG, Rossiyada taqiqlangan) rahbari Abu Bakr al-Bagdodiyni o‘ldirgan.
O‘z navbatida, AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau Nikolas Maduro adolat oldida javob berishini maʼlum qildi. U tegishli xabarni X ijtimoiy tarmog‘ida eʼlon qildi.
«Venesuela uchun yangi tong. Zulmkor ketdi. Endi u, nihoyat, o‘z jinoyatlari uchun javob beradi», — deb yozdi Landau.